Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, jabrlanuvchilar oʻlimining aniq sabablarini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekistonga taʼtilni oʻtkazish uchun kelgan jurnalist Inessa Papernaya va uning ikki hamrohi shu yilning 20-oktyabr kuni mehmonxonadan jonsiz holda topilgan.
Taxminlardan biriga koʻra, ular mehmonxona hovuzini tozalashdan keyin yuzaga kelgan botqoq gazidan boʻgʻilib qolishgan. Gaz ventilyatsiya tizimi orqali xonaga koʻtarilgan. Boshqa mehmonlarning ahvoli hozircha nomaʼlum.







