Buni Jizzax viloyatida sud-huquq masalalari va tumanlarda “Ayollar daftari”ga kiritilgan, tazyiq va zoʻravonlikka uchragan xotin-qizlarga samarali va huquqiy yordam koʻrsatilishini taʼminlash maqsadida oʻtkazilgan ommaviy sayyor qabul misolida koʻrish mumkin.

Jizzax shaxar oila va Nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash markazi binosida Jizzax viloyat sudlari raislari hamda viloyat va shaharning masʼul xodimlari ishtirokida Jizzax viloyat sudlari raislari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Jizzax viloyat Xalq qabulxonasi, Jizzax viloyat adliya boshqarmasi, Jizzax viloyat ichki ishlar boshqarmasi hamda Jizzax viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikdagi ishchi guruh tomonidan ommaviy sayyor qabul oʻtkazildi. Bu haqda Jizzax viloyat sudining matbuot xizmati xabar berdi.

Oʻtkazilgan ommaviy sayyor qabulda jami 45 ta fuqarolar qabul qilindi. Qabul qilingan fuqarolarning 8 tasi jinoyat ishlari boʻyicha, 21 tasi fuqarolik ishlar boʻyicha, 7 tasi iqtisodiy ishlar boʻyicha, 9 tasi maʼmuriy sudlarga oid murojaatlarni tashkil etadi. Shundan 42 ta fuqaroning ogʻzaki, 3 ta fuqaroning yozma murojaatlari qabul qilindi, shundan 1 ta murojaat fuqarolik ishlari boʻyicha, 2 tasi jinoyat ishlari boʻyicha sudlarga tegishli. Jami murojaatlardan 10 ta murojaat joyida ijobiy hal etilib, murojaatlar qanoatlantirildi. 35 tasi boʻyicha huquqiy tushuntirishlar berildi. Muddat talab etadigan murojaatlarni hal etish boʻyicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi qatʼiy nazoratga olindi.

Ayollar daftarida roʻyxatda turaman, qizim tibbiy yordamga muhtojligi sababli sayyor qabulda ishtirok etdim, ishchi guruh tomonidan mutasaddi takilot vakili taklif etilib, qizim tibbiy muassasada bepul davolanishi uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirishda amaliy yordam berishdi. – deydi murojaatchi Zebo Orziqulova.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tashkil etilgan mazkur idoraning amaliy koʻmagi bilan koʻplab hamyurtlarimiz oʻzlarini qiynab kelayotgan turli muammolarga yechim topmoqda. Eng muhimi, murojaatlar tegishli tashkilotlar tomonidan oʻz vaqtida qonuniy va adolatli hal etilayotgani fuqarolarimizning hayotdan rozi boʻlib, ertangi kunga ishonch hissi bilan yashashlarida muhim omil boʻlmoqda.

Sayyor qabul davomida, Jizzax viloyat sudi raisi Oʻ.Djumayev, viloyat maʼmuriy sudi raisi A.Mamaraximov, viloyat sudi raisi oʻrinbosari A.Shukurov hamda J.Qaxxarovlar tomonidan sayyor qabulga kelgan fuqarolarga “Odam savdosi va majburiy mehnat qurboni boʻlib qolmang”, “Chaqaloq va bolalar savdosidan ogoh boʻling” mavzularida uchrashuv oʻtkazildi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining “Sudlar toʻgʻrisida”gi, “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi qonunlarning mazmun-mohiyati haqida ham tushuntirish ishlari olib borildi.

Muxtasar aytganda, sayyor qabullar aholi muammolarini joyida, tez va samarali hal etish imkonini berayotgani, hududlarda yillar davomida yigʻilib qolgan muammolarni aniqlash va bartaraf etilishida davlat organlari va tashkilotlari oldiga vazifalar qoʻyayotgani va ushbu vazifalarni toʻlaqonli bajarishga undayotgani bilan muhim ahamiyat kasb etmoqda.