Yurtda daraxtzor va gulzorlar koʻpaysa, hududlar koʻrkamligi tobora oshadi. Atrof olam yasharib, yashnab eng goʻzal maskanga aylanadi. Salqin hiyobonlar, goʻzal bogʻu rogʻlar, dam olish maskanlari bularning bari koʻrkam va goʻzal ana shu daraxtlar bilan aslida. Daraxtzor va gulzorlar oralab oʻtsangiz mayin shabboda, gullar iforidan dilimiz yayraydi va shunday obodlikni yaratgan insonlarga, bogʻbonlarga tashakkurlar aytamiz.

Baʼzan ishdan yoki, oʻqishdan horib uyimiz tomon shoshar ekanmiz, koʻcha kuydagi jazirama oftobdan toliqamiz. Issiqdan goʻyo jizgʻanak boʻlayotgandek tezroq soya salqin joyni axtarib biroz hordiq chiqarishni istab qolamiz. Keng koʻchalarning baʼzilarida daraxtlar yoʻq. Boʻlsa ham yosh, hali soya berishga kichiklik qilayotgandek tuyulaveradi. Shu dam bir vaqtlar koʻchalarimizni salqinlantirib turadigan, ularning koʻrkamligini oshirgan ulkan chinorlarni, tol va majnuntollarni yodga olamiz. Eh, qanday orombahsh damlar edi oʻsha onlar! Baribir daraxtlarning koʻpligi yaxshi-da.Soyasida huzurlanib dam olasan, mevasini mazza qilib tanovvul qilasan. Jonga mador, tanaga quvvat asli daraxtlar.

Bolaligimni esalayman. Koʻchamizda baland va salobatli tol daraxti boʻlardi, Tolning shoxlari shu qadar koʻp ediki, yoʻlning u boshidan ham koʻrinib turardi. Tol tagida suv oqar, bu yerlarning salqin havosi tanu-jonga orom bahsh etardi. Uzoq yoʻl bosib kelayotgan insonlar tol daraxti ostida bir muddat toʻxtab, zilol suvdan ichib, tol daraxti soyasida charchogʻini chiqarib ketardi. Qiz juvonlar esa tol daraxtidan olib sochlariga sochpopuklar yasab zavqlanishardi. Eh! u damlarning gashti boshqacha edi.

Yana koʻz oldimda bolik chogʻlarimizdagi holamning uyidagi keksa bedana tut gavdalanadi. Tutning kattaligi, koʻrkamligi hali hamon yodimdan chiqmaydi. Har mavsumida bedana atalmish tut daraxti shigʻalab meva quyardiki, koʻpligidan daraxt osti tut bilan qoplanib ketardi. Mazasi tilni yorar shirin, lazzatli ham toʻyimli. Tut tagidagi suppada dam olib, tut yeb bolagimiz oʻtibdi-ya. Afsus oradan yilar oʻtib oʻsha tol daraxti ham, tut daraxti ham kesilib ketdi. Ammo, shirin bolalik hotiralari yodimizdan ketgani yoʻq. Bir vaqtlar daraxtlar ayrim odamlar tomonidan kesilgan boʻlsa-da, keyinchalik daraxt kesilishini oldini oldini olishga yurtimizda muhim chora-tadbirlar koʻrila boshladi. Bu esa noyob, manazarali, mevali daraxtlarning yoʻqolib ketishini oldini olishda, yurt koʻrkamligini oshirishda muhim omil boʻlib xizmat qilmoqda.

Xususan, Prezidentimizning 2019-yil 30-oktyabrdagi farmoniga koʻra daraxtlar, butalar, manazarali va noyob daraxt turlarini kesilishini oldini olish maqsadida 2019-yil 1-noyabrdan moratoriy eʼlon qilindi va ushba moratoriy vaqti uzaytirilib moratoriy davom etirilib, daraxtlarni kesishni oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu borada Ekologiya va atrof-muhofaza qilish boshqarmasi Oʻzbekiston Ekologik partiyasi tomonidan belgilangan vazifalar, targʻibot ishlari amalga oshirilib, daraxtlarning kesilishiga chek qoʻyildi. Partiyaning Markaziy kengashi, viloyat kengashlari, tuman shahar partiya tashkilotlari tomonidan muntazam ravishda targʻibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda. Bu borada Fargʻona viloyatida ham doimi amaliy ishlar yoʻlga qoʻyilgan. Ekologik partiyaning viloyat kengashi, 19 ta tuman va shaharlarda partiya raislari, mutaxassislari ishtirokida targʻibt-tashviqot ishlari amalga oshirilmoqda. Daraxtlarni kesish emas, aksincha yangi koʻchat turlarini ekish, yurtni obod etish gʻoyasi odamlarga yetkazilib, aholini ekologik madaniyati oshirib borilmoqda. “Daraxt ekib yurtni obod etamiz”, “Koʻchat ekib bogʻ yaratamiz”, “Qishlogʻimga, shahrimga, maktabimga, mahallamga yuz koʻchat” nomli aksiyalar, tadbirlar shular jumlasidandir.

Statistik maʼlumotlarga koʻra, yer yuzining 20 foizi yashil hudud va oʻmonlardan iboratdir. Ana shu daraxtzorlar bugun tiriklik olamini kislorod bilan taʼminlay oladigan muhim manbalardan biri sanaladi. Atrof-muhit musaffoligi, turli nabodod va xayvonot olami uchun ham ular juda muhim sanaladi. Bir soʻz bilan aytganda daraxtlar hayot muvozanatini saqlab turadi. Agar ularga ziyon yetsa tabiatga, demakki, borliqi putur yetadi. Bu kabi holatlarni oldini olish uchun bugun biz daraxtlarni asrab-avaylamogʻimiz lozimdir.

Shukurki, Fargʻonaning baʼzi hududlarda qadimiy daraxtlar saqlab qolingan. Ular bugun tarixdan soʻzlaydi. Hatto ushbu daraxtlarga atab mahalla va koʻchalarga nom berilgan. “Tut tagi”, “Yakka tut”, Majnuntol mahallarini koʻpchilik yaxshi biladi.

Fargʻonaning gavhari sanalgan qadimiy va navqiron Margʻilon shahridagi “Yakkatut” mahallasida ham keksa tut daraxti salobat toʻkib turadi. Yakkatutliklar xanuz bu yerda qoʻr toʻkib, uzoqlardan koʻrinib turuvchi keksa tut daraxtini eʼzozlashadi.

Daraxt haqida koʻplab rivoyatlar borligini mahalla aholisi taʼkidlashadi. Ota-bobolarimiz qadim qadimdan ipak tolasi yetishtirish uchun aynan tut bargidan foydalanishgan. Yana bir qiziq jihati shundaki, bu daraxt meva qilmaydi. Hozirda tadqiqotchilar tomonidan pillachilik uchun qulay-mevasiz tut navlarini yaratilayotgani bejizga emas. Mahalla aholisi, xalq orasida yana madordan qolgan, kasallangan ot yoki xayvonlarni shu tut atrofiga yetti marta aylantirilsa sogʻayib ketadi degan gaplar yuradi. Besh olti yil avval esa olimlar kelib tutning yoshini aniqlamoqchi boʻlishganini bu yerliklar taʼkidlashadi. Qadimdan mahalla ahli Navroʻz bayramini, boshq turli tadbirlarni shu tut tagida oʻtkazishga odatlanishgan. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, daraxtlar xalqimizning koʻp ming yillik tarixi, azaliy qadriyatlariga guvohlik beribgina qolmay, ona tabiatni, oʻsimliklarni asrab avaylashga ham chorlab turadi

Fotima OʻKTAMOVA,

Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Fargʻona viloyat kengashi masʼul kotibi.