Jumladan, Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi 28 ta tibbiyot kollejlari hamda 47 ta Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlariga qabul jarayoni ham boshlanadi.

Shu oʻrinda taʼkidlash joizki, tibbiyot kollejlarida kasblarning murakkabligi va ushbu taʼlim bitiruvchilari inson salomatligiga masʼulligi va aholining tibbiy madaniyat va salomatlik koʻrsatkichlarini oshirishi borasida faoliyat yuritishlarini inobatga olib, toʻliq umumiy oʻrta maʼlumotga ega boʻlgan shaxslar 2 yil muddatga kunduzgi taʼlim shaklida, texnikumlarda esa toʻliq umumiy oʻrta maʼlumotga ega boʻlgan shaxslar 3 yil muddatga kunduzgi taʼlim shaklida soha boʻyicha oliy taʼlim dasturlari bilan integratsiyalashgan reja va dasturlar asosida taʼlim olishlari belgilangan.

Abituriyentlar va ularning ota-onalarini qiziqtirgan savollariga javob berish uchun Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari haftaning dushanba-shanba kunlari soat 9:00-18:00 gacha ishlaydigan murojaatlar markazi (Call-markaz) ham joriy yil 20-avgustdan oʻz faoliyatini boshlashi koʻzda tutilgan.

Kollej va texnikumlarga onlayn qabul jarayoni bilan bogʻliq yangiliklar haqida yana qoʻshimcha maʼlumotlarni berib boramiz.