Joriy yil 25-oktyabrda qisman Quyosh tutilishi kuzatiladi

    Yashil sayyora 22 Oktabr 2022 2434

    Ushbu tutilish qisman Quyosh tutilishi hisoblanib, tutilishning to‘liq fazasida Quyosh yuzasining deyarli 82 foizini to’sadi. Quyosh tutilishining umumiy davomiyligi 4 soatdan ortiqroq bo’lib, O’zbekistonda uning 2 soatdan ziyodroq qismi kuzatiladi.

    Shu yilning 25-oktabr kuni Yer yuzi aholisi qiziqarli astronomik hodisalardan biri – qisman Quyosh tutilishini kuzatishi mumkin. Ushbu tutilish qisman Quyosh tutilishi hisoblanib, tutilishning to‘liq fazasida Quyosh yuzasining deyarli 82 foizini to’sadi. Quyosh tutilishining umumiy davomiyligi 4 soatdan ortiqroq bo’lib, O’zbekistonda uning 2 soatdan ziyodroq qismi kuzatiladi.

    Ushbu astronomik hodisani Islandiya va Grenlandiya oroli, Afrikaning shimoli-sharqiy qismi, Yevropa, Yaqin Sharq, G’arbiy Sibir va O’rta Osiyo mamlakatlari aholisi kuzatishi mumkin.

    O‘zbekiston Respublikasining hamma hududida qisman Quyosh tutilishi deyarli bir xil katta fazada kuzatiladi. Maksimum fazada Quyosh yuzasining 68% gacha bo‘lgan qismi Oy tomonidan to‘siladi. Quyoshning botib ketishi tufayli ba’zi hududlarda tutilishning umumiy davomiyligi amalda kamroq bo’ladi.

    O‘zbekiston aholisi quyidagi jadval asosida tutilishni kuzatishlari mumkin.

    O‘zbekistonning yirik aholi maskanlari uchun qisman Quyosh tutilishining ba’zi tafsilotlari

    Aholi yashash maskanlari

    Tutilishning boshlanish vaqti

    Tutilishning maksimum vaqti

    Tutilishning tugash vaqti

    Maksimal fazasi (foizda va tutilish kattaligida*)

    Tutilishning

    umumiy

    davomiyligi**

    Toshkent

    15:23

    16:34

    17:38

    68% (0,75)

    2 soat 4 daqiqa

    Nukus

    15:08

    16:23

    17:33

    68% (0,75)

    2 soat 25 daqiqa

    Urganch

    15:12

    16:27

    17:36

    67% (0,74)

    2 soat 24 daqiqa

    Navoiy

    15:15

    16:29

    17:36

    68% (0,75)

    2 soat 21 daqiqa

    Buxoro

    15:19

    16:33

    17:40

    66% (0,73)

    2 soat 20 daqiqa

    Samarqand

    15:22

    16:35

    17:41

    66% (0,73)

    2 soat 18 daqiqa

    Qarshi

    15:24

    16:36

    17:42

    64% (0,72)

    2 soat 18 daqiqa

    Termiz

    15:29

    16:40

    17:41

    62% (0,70)

    2 soat 16 daqiqa

    Jizzax

    15:23

    16:35

    17:35

    66% (0,73)

    2 soat 17 daqiqa

    Guliston

    15:27

    16:39

    17:41

    63% (0,70)

    2 soat 16 daqiqa

    Andijon

    15:27

    16:37

    17:16

    67% (0,74)

    2 soat 13 daqiqa

    Namangan

    15:25

    16:36

    17:20

    67% (0,74)

    2 soat 14 daqiqa

    Farg‘ona

    15:27

    16:37

    17:19

    66% (0,73)

    2 soat 14 daqiqa

    Qo‘qon

    15:26

    16:37

    17:22

    67% (0,74)

    2 soat 14 daqiqa

    Zomin

    15:24

    16:36

    17:33

    66% (0,73)

    2 soat 16 daqiqa

    *Tutilish kattaligi – bu Quyosh diametrining Oy tonomidan to’silgan qismi hisoblanadi.

    **Quyoshning botishi tufayli tutilishning umumiy davomiyligi amalda kamroq bo’ladi.

    Quyosh tutilishi Toshkent vaqti bilan 15:23 da boshlanib, maksimal fazasi 16:34 ga to’g’ri keladi. Shu paytda Oy Quyosh yuzasining 68% ni to‘sadi va bu vaqtda Quyoshning gorizontdan balandligi 21° ni tashkil qiladi. Toshkent shahrida Quyosh tutilishining umumiy davomiyligi 2 soat 4 daqiqani tashkil etadi. Soat 17:38 da Quyosh tutilishi yakunlanadi, biroq Quyoshning botish vaqti 17:27 ga to’g’ri keladi.

    Tutilish fazalarining Toshkent vaqti bo‘yicha boshlanish vaqti

    Tutilish fazalari

    Foizda

    Toshkent vaqti

    Quyoshning gorizontdan balandligi

    Boshlanishi

    0%

    25-oktabr 15:23

    21°

    Maksimumi

    68%

    25-oktabr 16:34

    Tugashi

    0%

    25-oktabr 17:27

    0° (Quyosh botadi)

    Qisman Quyosh tutilishi haqida qisqacha ma’lumot

    Qisman Quyosh tutilishi deb Quyosh yuzasining ma’lum bir qismi Oy tomonidan to‘silish holatiga aytiladi. Quyosh tutilishining qisman bo‘lishi Oy va Quyosh markazlarining ustma-ust tushmasdan to’silishi bilan izohlanadi.