Pandemiya sharoitida iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini uzluksiz ishlashini taʼminlash, faoliyatini vaqtincha toʻxtatgan korxonalar, tadbirkorlik subyektlarini faoliyatini toʻliq tiklash, byudjetga tushumlar miqdorini koʻpaytirish va bu orqali ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini qoʻllab-qoʻllab quvvatlash boʻyicha bir qator ishlar olib borildi.
Jumladan, pandemiya oqibatida vaqtincha iqtisodiy faolligi pasaygan 204 ta korxonalar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida mavjud muammolar oʻrganildi va bartaraf etishga koʻmaklashildi. Xususan kreditlar va soliqlarning toʻlov muddatlarini kechiktirish kabi yordamlar koʻrsatildi.
2020-yil yakuni bilan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 570,8 milliard soʻmni tashkil etdi. 2021-yil yakuni bilan sanoat mahsulot ishlab chiqarilishini 605,3 milliard soʻm belgilash koʻzda tutilmoqda.
Taʼkidlaganidek, aholi daromadlarini oshirish, extiyojmand qatlamni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida sezilarli ishlar amalga oshirildi. Bandligi taʼminlanmagan fuqarolarni haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilish orqali joriy yil yanvar-noyabr oylarida jami 4 ming 419 nafar fuqarolarga 3,1 milliard soʻmdan ziyod ish haqi toʻlab berildi.
2020-yil yanvar-noyabr oylarida bandlikka koʻmaklashish markaziga murojaat qilgan fuqarolarning 3 ming 700 nafari bandligi taʼminlandi. Shuningdek, 214 nafar ishsiz fuqarolarga yengil konstruksiyali issiqxonalar qurishga 520,7 million soʻm miqdorida, yangi tashkil etilgan hunarmandchilik kooperativining 6 nafar ulushdorning har biriga 115 million soʻm subsidiyalar moliyalashtirib berildi. Natijada 300 nafar fuqarolarning kooperativ aʼzosi sifatida bandligi taʼminlandi.
Chust tumanida ayni paytda 4 ming 830 ta tadbirkorlik subyektlari faoliyat koʻrsatmoqda. Joriy yilning yanvar-noyabr oylarida 1 ming 347 ta yangi tadbirkorlik subyekti tashkil etildi.
Xususan, investitsiya dasturi doirasida Rossiya davlati bilan hamkorlikda “SIBERIAN WELLNESS-NAMANGAN” MCHJ xususiy korxonasi tomonidan jami 40,3 milliard soʻm boʻlgan 251 gektar maydonda intensiv usulda bogʻdorchilik xoʻjaligi tashkil etildi. Bu orqali 60 nafar doimiy ish oʻrni yaratildi.
Shuningdek, “Navbahor kimyo savdo” MCHJ tomonidan umumiy qiymati 2,2 milliard soʻm boʻlgan qurilish materiallari (JBI) ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirdi. “Chust Oʻrikzor” FX tomonidan umumiy qiymati 5 milliard soʻm boʻlgan qishloq xoʻjaligi mahsulotolarini qayta ishlash loyihasi amalga oshirildi.
“Al-Bois” MCHJ tomonidan umumiy qiymati 2,5 milliard soʻm boʻlgan tibbiyot maskalari ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilib doimiy 15 nafar, “ALMAZ GREEN VALLEY” MCHJ tomonidan umumiy qiymati 29 milliard soʻm boʻlgan zamonaviy issiqxona loyihasi amalga oshirilib doimiy 20 nafar, “Aysel sanoat savdo” MCHJ tomonidan umumiy qiymati 4 milliard soʻm boʻlgan pomidor yetishtirishni tashkil etish loyihasi amalga oshirilib doimiy 30 nafar yangi ish oʻrinlari yaratilib loyihalar ishga tushirildi.
Joriy yilda “Namangan” EIZ hududida 20,7 gektar yer maydonida 2 ta loyiha “Chust textle” xususiy korxonasi va “Ifoda Agro Kimyo Himoya” MCHJlariga jami 21,5 million AQSH dollar investitsiya sarflanib natijada 970 nafar yangi ish oʻrinlari yaratildi.
Bugungi kunda jami 21 million 978 ming dollar eksport amalga oshirilib, belgilangan reja 84,8 foizga yoki 3 million 928 ming dollarga kam amalga oshirilgan.
Tuman hududida kambagʻal, ehtiyojmand oilalarning ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti oʻrganilib, 11 ming 633 nafar oila aʼzolari boʻlgan 2 ming 733 ta oila “Temir daftar”ga kiritildi. “Temir daftar”dagi 3 ming 575 nafar ishga muhtoj fuqarolarning 98,8 foizi turli sohalarga ishga joylashtirildi. 467 nafariga 7,2 milliard soʻmlik imtiyozli kredit, 93 nafar fuqaroga subsidiya asosida issiqxonalar qurib berildi.
Bularning natijasida bugungacha 2 ming 304 ta oilaning turmush sharoiti yaxshilanganligini inobatga olinib, oʻz murojaatlariga muvofiq, sessiya qarori asosida “Temir daftar” dan chiqarildi. 797 ta oila yangidan “Temir daftar” ga kiritildi.
Shu bilan birga, turizmni va milliy hunarmandchilikni rivojlantirish, yoshlarni hunarmandchilika oʻrgatish hamda ish bilan bandligini taʼminlash, mahalliy va xorijiy turistlarni jalb etish maqsadida Hunarmandlar markazi tashkil etish rejalashtirilgan boʻlib, markazda doʻppidoʻzlik, pichoqchilik va hunamandchilikni boshqa turlarini keng rivojlantirish koʻzda tutilgan.
Sessiya doirasida ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Unda tuman hokimi Bekzod Hamdamov jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytardi.