Joriy yilda doktorantura uchun kvotalar soni 2 baravarga oshirilib, 3 600 taga (PhD – 3 314 ta, DSc – 286 ta) yetkazildi
Bunda alohida eʼtibor sunʼiy intellekt, matematika, fizika, kimyo, biologiya va biotexnologiya, energetika va elektrotexnika, geologiya singari ustuvor yoʻnalishlarga berildi.
2019-2021-yillarda jami 5 544 nafar tadqiqotchi falsafa doktori va fan doktori ilmiy darajasini muvaffaqiyatli himoya qilgan (PhD – 4535 ta, DSc – 1009 ta).
2020-2022-yillar davomida ilmiy ishlarni muddatidan oldin himoya qilgan izlanuvchilar 298 nafarni (PhD – 274, DSc – 24) tashkil qildi hamda doktorantlarga 9 092,2 mln. soʻm ragʻbatlantirish mablagʻi ajratildi.
Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Innovatsion rivojlanish vazirligi maʼlum qildi.