Koronavirusdan vafot etganlar soni 39 ming nafardan ziyod, deb xabar bermoqda “TAAS”, Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining ma'lumotiga tayanib.
Eng yomon epidemik vaziyat Amerika qit'asida kuzatilyapti. 5 oktyabrdan 11-oktyabrgacha bo'lgan davrda mintaqada 804 ming nafardan ortiq odam kasallik yuqtirdi va ularning umumiy soni 17,79 milliondan oshdi.
So'nggi bir hafta ichida Evropada bir hafta avvalgiga qaraganda 34 foizdan ko'proq odamda infektsiya tasdiqlangan. Birinchi o'rinda Buyuk Britaniya — 110 ming, ikkinchi o'rinda Fransiya — 110 ming, uchinchi o'rinda Rossiya — 83,5 ming, to'rtinchi o'rinda Ispaniya — 50 ming, beshinchisi Niderlandiya — 36 mingdan ortiq odamda natijalar musbat ko'rsatgan.
Eslatib o'tamiz, 5 oktyabrdan boshlab Moskvada ish beruvchilar kamida 30 foiz xodimlar, 65 yoshdan oshgan va surunkali kasallikka chalinganlarni masofadan ishlashga o'tkazishlari kerak. 5-oktyabrdan kasallanishni kamaytirish uchun Rossiya poytaxtidagi aksariyat maktablarda rejalashtirilgan kuzgi ta'til boshlandi, bolalar bog'chalari odatdagidek ishlamoqda.
28 sentyabrdan boshlab 65 yoshdan oshgan va surunkali kasallikka chalingan rossiyaliklar uyda qolish tartibiga rioya qilishlari shart, chunki bu toifa koronavirus infektsiyasiga nisbatan eng zaif hisoblanadi.