JSST rahbari Tedros Gebreyesus Jenevada boʻlib oʻtayotgan assambleya sessiyasida Afrika davlatlarida COVID-19dan oʻlim koʻrsatkichlari koʻpayayotgani ham xavotirli ekanligini taʼkidladi.
Uning soʻzlariga koʻra, “koronavirus har qadamda “tuhfa”lar hozirlashi mumkin va uning intensivligini oldindan aytib boʻlmaydi”.
Xoʻsh, buyogʻiga qanday yoʻl tutgan maʼqul?
T. Gebreyesus bu haqda toʻxtalar ekan, barcha mamlakatlarni aholisining kamida 70 foizini emlash bilan qamrab olishga chaqirdi. Shu bilan birga, tibbiyot xodimlari, 60 yoshdan oshganlar hamda yondosh kasalligi boʻlganlar 100 foiz vaksina olishlari zarur.
Ammo bugungi kunga qadar atigi 57 ta davlat 70 foizlik koʻrsatkichga erishgan, xolos. Dunyoda miqyosida esa bu raqamlar oʻrtacha 60 foizni tashkil etyapti, deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.