"Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti Turkmanistondagi vakolatxonasi bilan doimiy aloqada", dedi 3 iyun kuni bo'lib o'tgan matbuot anjumanida JSSTning Evropa mintaqaviy byurosi direktori Xans Klyuge.
Klyugening qo'shimcha qilishicha, JSST missiyasining tashrifini tashkil etish bo'yicha Turkmaniston tashqi ishlar vaziri va sog'liqni saqlash vaziri bilan suhbat olib borilmoqda. “Vazirlar JSSTning qat'iy tavsiyalarini ko'rib chiqishmoqda. Missiyaning Turkmanistonga safari kelasi ikki hafta ichida tashkil etiladi" dedi Klyuga.
JSSTning Evropa mintaqaviy byurosi direktori qo'shimcha kelishuvga erishilganligini ta'kidlab, hozirda missiya vakillari uchun turar joyni tashkil qilish bo'yicha ish olib borilayotganini ta'kidladi.
22 aprel kuni Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov hukumat koronavirus bilan kasallanganligini yashirgani haqidagi iddaolarni rad etdi.
23 aprel kuni JSST mutaxassislari mamlakatda haqiqatan ham COVID-19 kasalligi yo'qligini tekshirish uchun Turkmanistonga borishi ma'lum bo'ldi.
Xans Kluge o'zining Tvitterdagi sahifasida 5-may kuni tashkilot Turkmaniston hukumatidan taklif olganligini va koronavirus bilan bog'liq vaziyatni imkon qadar tezroq o'rganish uchun missiya yuborishga tayyorligini ma'lum qildi.