Vulqonning balandligi 975 metrni tashkil qiladi. Okeanograflar uni dengiz tog'i deb atashdi, garchi rasman bu maqom 1000 metrdan past bo'lmagan tuzilmalarga berilsa ham.

NOAA (Milliy okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi) topilmani tasvirlab berdi: “Bu dengiz tubidan yon bag'irlari ko'tarilgan dengiz tog'i va so'ngan vulqon qoldiqlari”.

Tog' Kaliforniya qirg'oqlaridan 322 kilometr uzoqlikda joylashgan bo'lib, butunlay suv ostida qolgan. Uning cho'qqisi suv sathidan 366 metr chuqurlikda joylashgan.

Olimlarning ta'kidlashicha, kraterni hisobga olmaganda u tog' vulqoniga o'xshamaydi. Vulkanlar odatda qiyaliklarga ega bo'ladi, mazkur vulqon esa minoraga o'xshaydi.

Tadqiqotchilarning fikricha, vulqonning g'ayrioddiy tuzilishi vulqonning kuchli va tez harakati natijasi bo'lishi mumkin. Yana bir taxminga ko'ra, ming yillar davomida vulqon devorlarida to'plangan dengiz chiqindilari tufayli u shunday shaklga kelib qolgan, deb xabar beradi mir24.tv.