Hozir qishloqda umumiy tozalash ishlari olib borilmoqda. Mahalliy shifoxona allaqachon kuldan tozalangan. Endi turar-joy binolari va boshqa ijtimoiy obektlar tozalanadi. Bir kun avval Favqulodda vaziyatlar vazirligi texnika kolonnasi Klyuchiga kul va qorni tozalash uchun yetib keldi. Qutqaruvchilar odamlarga ichimlik suvi va himoya niqoblarini ham tarqatmoqda.

Shiveluch vulqoni seshanbaga oʻtar kechasi harakatga kelgandi va uch kun davomida oʻzidan kul chiqardi. Bu Klyuchida vulqon kuli bilan bogʻliq soʻnggi 60 yildagi eng yirik hodisadir, deyiladi mir24.tv saytida.