“Hozirgacha qurbonlar va binolar vayron boʻlgani yoʻq. Shu bilan birga, ayrim binolarda suvoq koʻchgani va yoriqlar yuzaga kelgani haqida maʼlumotlar bor”, — dedi Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining Kamchatka oʻlkasi boʻyicha bosh boshqarmasi boshligʻi vazifasini bajaruvchi Yuriy Kartashev.
Hozirda binolarni mutaxassislar tomonidan tekshirish davom etmoqda.
Eslatib oʻtamiz, dushanba kuni Kamchatkada 5,7 magnitudali zilzila sodir boʻlgan, Petropavlovsk-Kamchatskiyda zilzila intensivligi olti ballni tashkil qilgan. Seysmik hodisa Petropavlovsk-Kamchatskiydan 48 kilometr uzoqlikda qayd etilgan, manba 99,5 kilometr chuqurlikda joylashgan, keyinroq zilzila magnitudasi 6,9 ga oshgan, deyiladi mir24.tv saytida.