Sportni rivojlantirish vazirligi xabariga koʻra, musobaqaning tantanali ochilish marosimida Sportni rivojlantirish vazirining oʻrinbosari Shahrullo Mahmudov, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Milliy Gvardiya qoʻmondonligi hamda Oʻzbekiston kamondan otish federatsiyasi rahbariyati ishtirok etdi.

Oʻzbekiston chempionatida 60 nafardan ortiq sogʻlom atletlar qatori yurtimizning turli hududlaridan 20 nafarga yaqin jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan sportchilar gʻoliblik uchun bahs olib boryapti.

Eslatib oʻtamiz, mamlakat birinchiligi 11-iyunga qadar davom etadi.