Viloyat g'arbidagi ikkita shahar aholisini ommaviy evakuatsiya qilish ishlari olib borilmoqda.

Tog' yonbag'irlarida yuzaga kelgan yong'in Okanagan ko'lidagi tarixiy kurortni allaqachon kulga aylantirdi. O'nlab xususiy uylar vayron bo'ldi. Yong'inlar viloyatning shimoliy hududlariga yetib keldi. Magistral yo'llar bo'ylab o'rmon yonmoqda, odamlar qochish yo'llari yopilib qolishidan oldin falokat zonasini tark etishga shoshilishmoqda. Hozirda 400 ga yaqin faol yong'in o'chog'lari mavjud bo'lib, ularning yarmidan ko'pi o't o'chiruvchilar nazorati ostida emas. 3500 ga yaqin qutqaruvchi yong'in bilan kurashmoqda, yordamga Meksika va Kosta-Rikadan guruhlar yuborilgan, deb xabar beradi mir24.tv.