Tezkor tadbir davomida “Kaptiva” rusumli avtotransport vositasi toʻxtatildi. Belgilangan tartibda koʻzdan kechirilganda transport vositasida ogʻirligi 103,04 gramni tashkil qiluvchi gashish giyohvandlik vositasi xufyona tarzda yashirilgani fosh boʻldi.
Hozir holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda, deyiladi Toshkent shahar bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabarida.