Koronavirusga qayd etilish koʻrsatgichi mamlakatimizda ham sekin-asta ortib bormoqda. Oxirgi 3 oy davomida kasallikni qayd etilish darajasi har yuz ming aholiga 0,2 koʻrsatkichda boʻlgan boʻlsa, oxirgi 3-4 kun mobaynida bu koʻrsatkich 0,4 koʻtarildi.

Kasallik aniqlanganlarning aksariyati bemorlar bilan bevosita muloqotda boʻlish orqali kasallikni yuqtirib olgan.

Hozir kunda COVAX dasturi doirasida vaksinalarning muayyan qismi yetib keldi. Vaksinalar bilan aholini emlash uchun barcha tayyorgarliklarni koʻrib qoʻyganmiz. Mahalliy hududlarda mahalliy mutaxassislardan iborat shtablar tashkil etilgan.

Barcha viloyatlarda emlanishi kerak boʻlgan aholi qatlami elektron bazasi, yaʼni ularni elektron roʻyxatga olish tizimi amalga oshirilmoqda. Ular emlangandan soʻng bu bazaga emlanganlik haqida maʼlumotni koʻrish mumkin.