Xitoyning Usi shahrida taekvondo WT boʻyicha “Katta dubulgʻa” musobaqasi oʻz yakuniga yetdi.
Turnirning 2-kunida Oʻzbekiston hisobiga bittadan oltin va bronza medallari qoʻshildi.
-80 kg vazn toifasida Jasur Jaysunov turnir gʻolibiga aylandi.
Jahon chempioni Svetlana Osipova esa (+73 kg) bronza medaliga sazovor boʻldi.
Shu tariqa, Oʻzbekiston musobaqani 2 ta oltin va 1 ta bronza medallari bilan yakunladi.
Bungacha Ulugʻbek Rashitov ham oltin medalini qoʻlga kiritgandi.