“Angren” koʻmir konida sutkalik reja 150,2 foizga, “Apartak” konida 229,9 foizga bajarilgan. Shaxta usulida koʻmir qazib olish rejasi 89,1 foizni tashkil etdi.

Jamiyatda kon ustki qatlamini ochish ishlari olib borildi va sutka davomida 68,7 ming kubometr hajmida tuproq ishlari bajarilgan.

Sutka davomida elektr stansiyalariga 11 306 tonna, aholi isteʼmolchilariga 4891 tonna, budjet tashkilotlariga 469 tonna koʻmir yuklab joʻnatilgan, deya xabar beradi “Oʻzbekkoʻmir” AJ Axborot xizmati.