-Biz hozirga qadar koronavirus bilan zararlanganlarni aniqlab, ularni davolash, virus yuqtirgan bemorlar bilan muloqotda boʻlganlarni esa karantinga olish masalalari bilan shugʻullandik.

Koronavirusni aniqlash uchun PSR tahlili lozim boʻladi, xolos. Antitanachalar shakllanishi uchun esa virus yuqtirgan bemorlar tuzalib chiqqan boʻlishi lozim.

Karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich yumshatish uchun antitanachalarni aniqlash kerak boʻladi. Buning uchun Oʻzbekistonda ham kelasi haftadan aholi orasida immunoferment analizini yoʻlga qoʻyish rejalashtirilmoqda, - dedi H.Oqilov.