“KELES-OPEN” turnirida mezbonlar g'olib bo'ldi

    Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusning ikkinchi tashabbusi ijrosini ta'minlash maqsadida Toshkent tumani bolalar-o'smirlar sport maktabiga qarashli “Universal” sport majmuasida karate VKF  bo'yicha “KELES-OPEN” ochiq turniri o'tkazildi.

    Unda Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri, Namangan, Andijon, Farg'ona, Xorazm hamda Toshkent viloyatidan tashrif buyurgan 400 ga yaqin o'g'il-qizdan iborat yosh sportchilar ikki kun davomida g'oliblik uchun kuch sinashdi.

    Musobaqaning yakuniy natijalariga ko'ra, umumjamoa hisobida faxrli birinchi o'rinni Toshkent viloyati jamoasi qo'lga kiritgan bo'lsa, ikkinchi o'rinni Toshkent shahri egalladi. Uchinchi o'rin Qoraqalpog'iston yoshlariga nasib etdi.

    Shuningdek, musobaqa doirasida 12 vazn toifasida chempionlik kamari uchun ham bellashuvlar tashkil etildi. Quyidagi sportchilar o'z vazn toifalarida raqiblaridan ustun kelib, chempionlik kamariga ega chiqdi.

    12-13 yoshlilar

    40 kg. – Jumaniyoz Jumaniyozov (Toshkent sh.)

    14-15 yoshlilar

    52 kg. – Doston Hamroyev ( Qoraqalpog'iston)

    +54 kg. – Rohatoy Amitova (Toshkent v.)

    57 kg. – Hojiahror Ibrohimov (Toshkent sh.)

    16-17 yoshlilar

    61 kg. - Mirafzal Mirsolihov (Toshkent sh.)

    63 kg. – Samandar Oqbo'tayev (Toshkent sh.)

    68 kg. – Samandar Mirhamidov (Toshkent v.)

    +18 yoshlilar

    55 kg. - Azizbek Islombekov ( Toshkent v.)

    60 kg. – Hasan Ahmadaliyev (Toshkent v.)

    67 kg. – Feruz Ro'zmetov (Xorazm v.)

    +67 kg. – G'ofur Zohidov (Toshkent v.)

    Yakka katta yo'nalishi

    +18 yoshlilar

    Samandar O'rozaliyev (Toshkent v.)

    Musobaqa yakunlangach, taqdirlash marosimi tashkil etildi. G'olib va sovrindorlar Toshkent viloyati Turizm va sport boshqarmasi, Toshkent tumani hokimligi, tuman BO'SM va Keles karate klubi tomonidan diplom, medal` va esdalik sovg'alari bilan mukofotlandi.

    Ilhom RAHMONOV tayyorladi