KfW Germaniya taraqqiyot banki bilan hamkorlikda loyiha tayyorlanadi

    Xalqaro hamkorlik 3 Fevral 2022 2169

    “Oʻzbekistonda bandlikka koʻmaklashish uchun kasbiy taʼlim” loyihasini tayyorlash doirasida seminar-trening tashkil etildi.

    Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi KfW Germaniya taraqqiyot banki bilan hamkorlikda “Oʻzbekistonda bandlikka koʻmaklashish uchun kasbiy taʼlim” loyihasini tayyorlash doirasida seminar-trening tashkil etdi.

    Xalqaro uchrashuvda Germaniya tomoniga Oʻzbekiston mehnat bozoridagi tendensiyalar, muammolar va istiqbollar, jumladan, kasb-hunar taʼlimi va fuqarolarning bandligini qoʻllab-quvvatlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida maʼlumot berildi. Bundan tashqari, hamkorlar loyihani tayyorlash va amalga oshirish bosqichlariga oid masalalarni muhokama qildi.

    Tadbir yakunida kasb-hunar taʼlimi sohasida hamkorlikni rivojlantirish, dual taʼlim tamoyillari milliy tizimiga integratsiyalashuv, shuningdek, mehnat bozorida talab katta boʻlgan kasblar boʻyicha umrbod taʼlim olish boʻyicha kelishuvga erishildi.

    Xususan, Sanoat 4.0, AKT, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati, innovatsion va klassik qurilish texnologiyalari, turizm va mehmondoʻstlik shular jumlasidandir, deb xabar beradi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot xizmati.