Kiberxavfsizlik markazi aholini Telegram viruslaridan ogoh boʻlishga chaqirdi

    Xavfsizlik 1 Noyabr 2024 1310

    Firibgarlarning maqsadi akkauntni egallab olish va kontaktlarga turli xil koʻrinishdagi zararli havolalarni tarqatish.

    Kiberxavfsizlik markazi tomonidan firibgarlar tuzogʻiga tushib qolmaslik uchun quyidagilar tavsiya etiladi.

    — Ikki bosqichli autentifikatsiyani oʻrnating;
    — Sms-xabarnomada kelgan raqamlarni hech kimga taqdim etmang;
    — Messenjerning “qurilmalar“ boʻlimidagi “Faol seanslarni“ tekshiring boshqa qurilmalar faoliyatini toʻxtating.

    “Agar shunday holat kuzatiladigan boʻlsa darhol 102 yoki 1102 ishonch raqamlariga murojaat qiling“, — deyiladi xabarda.