Yangiariq tumanida ikki yil avval qurilgan “Globar food inpex” masʼuliyati cheklangan jamiyatning 10 gektar issiqxonasida joriy yilda uchinchi marta hosil olish koʻzda tutilgan. Hozirda ekilgan bodring koʻchatlari yangi yilgacha hosilga kiradi hamda Rossiya va Qozogʻistonga eksport qilinadi.
Eʼtiborlisi, hozirda yana 104 gektar maydonda zamonaviy tipdagi issiqxonalarni qurish ishlari yakuniy pallaga kirdi.
Bugun MCHJdagi issiqxonada 260 kishi ishlayotgan boʻlsa, barcha issiqxonalar ishga tushgach, ishchilar soni 2200 nafarga yetadi.
Korxona rahbari Alisher Matkarimovning taʼkidlashicha, 2021-2022-yillar hosilidan kamida 53 million AQSH dollari miqdoridagi mahsulotni eksport qilish imkoniyati mavjud.
Roʻzimboy HASAN,
“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri