Fargʻona shahridagi “Samo” sport majmuasida boʻlib oʻtgan musobaqalar 3 kun davom etdi va ushbu musobaqa oʻziga xos “Kichik Olimpiada”ning eng soʻnggisi edi.

Respublikamizning 14 ta hududidan akademik litsey va professional taʼlim muassasalarining 100 nafardan ortiq oʻquvchi-yoshlari ishtirokida oʻtkazilgan musobaqada sportchi yoshlar oʻgʻil bolalar va qizlar toifasida oʻzaro kurash olib bordi.

Musobaqa yakuniga koʻra, umumjamoa hisobida Fargʻona viloyati sportchi yoshlari birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Samarqand viloyati vakillari 2-oʻrinni egallagan boʻlsa, musobaqaning 3-oʻrini sirdaryolik yoshlarga nasib etdi.

Gʻolib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.