— Oʻtgan yili maktabni bitiruvchilar test sinovlari uchun toʻlovni amalga oshirmadi. Joriy yilda ham xuddi shunday boʻladi, —deydi Davlat test markazi Bosh mutaxassisi Jamshidbek Odilov. — 2022-yilda taʼlim muassasalarini tugatayotgan akademik litsey, kasb-hunar maktablarining bitiruvchilari ham toʻlovlarni amalga oshirmaydi.

Bundan tashqari oldingi yillar bitiruvchisi boʻlsa ham maʼlum toifa bitiruvchilari test sinovlari uchun toʻlovdan ozod qilinadi. Ular nogironligi boʻlgan, toʻliq davlat taʼminotidagi, ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan shaxslar va ularning farzandlari yoki “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar ham test sinovlari uchun toʻlovdan ozod qilinadi.

Toʻlov bazaviy xisoblash miqdorining yarim baravari, yaʼni 150 ming soʻmni tashkil etadi.

Manba: OʻzA