Kimlarga qo'ziqorin iste'mol qilish tavsiya etilmaydi?

    Tibbiyot fanlari nomzodi, shifokor-diyetolog Mixail Ginzburgning aytishicha, har qanday qo'ziqorin odam organizmiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.

    Ginzburgning aytishicha, qo'ziqorin allergiyaga, ovqat hazm qilish tizmining buzilishiga olib kelishi mumkin. Ularni ekologik jihatdan toza bo'lmagan joylardan, xususan, neft qayta ishlanadigan hududlardan terib olish zararli moddalar miqdori oshishiga olib keladi.

    Uning qayd etishicha, homilador, ovqat hazm qilish tizimida muammosi bor, shuningdek, uch yoshgacha bo'lgan bolalarga qo'ziqorin iste'mol qilish tavsiya etilmaydi, deyiladi iz.ru saytida.