Kitobxonlik – buyuk kelajak kafolati

    Shu bois azal-azaldan ma'rifat peshvolari, ahli donishlar butun insoniyatni kitob o'qishga, undan ilmu odob sirlarini o'rganishga chorlab kelishgan.

    Kitob umr yoʻllarini yorituvchi soʻnmas nur, inson hayotiga mazmun baxsh etuvchi saodat manbai, unga har qanday vaziyatda ham hamroh boʻluvchi sodiq doʻst. Insonning maʼnaviy kamolotini taʼminlashda kitob singari kuchli qudratga ega vosita yoʻq. Shu bois azal-azaldan maʼrifat peshvolari, ahli donishlar butun insoniyatni kitob oʻqishga, undan ilmu odob sirlarini oʻrganishga chorlab kelishgan.

    Kitob mutolaasi esa kishida shunday chin insoniy fazilatlarni shakllantirib, uni hayotda oʻz oʻrnini topishga, jamiyatning chinakam aʼzosiga aylanishida, dunyoqarashini kengaytirishda beqiyos ahamiyatga ega. Zero buyuk bobokalonimiz, soʻz mulkining sultoni Alisher Navoiy hazratlari taʼkidlaganlaridek kitob – beminnat ustoz, bilim va maʼnaviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbaidir.

    Bojxona instituti Maʼnaviyat va yoshlar tarbiyasi markazi tashabbusi bilan Bojxona organlari rahbar kadrlarni tayyorlash “Bojxona menejmenti” oliy kurs tinglovchilari uchun Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy kutubxonasida “Kitobxonlik – buyuk kelajak kafolati” mavzusida maʼnaviy –maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

    Tadbirda Milliy kutubxona xodimlari ishtirok etib, kutubxona faoliyati, Kutubxona Markaziy Osiyo mintaqasidagi yirik va qadimgi kitob saqlash maskanlaridan biri ekanligi taʼkidlanib, kutubxonaning xizmat koʻrsatish turlari, ilmiy-metodik faoliyati toʻgʻrisida maʼlumot berib oʻtildi. Tadbir davomida kutubxona boʻylab ekskursiya tashkil etildi.

    Samimiy ruhda boʻlib oʻtgan uchrashuvda barcha ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.