Kelgusi yilda “daftarlar”ga kirgan 950 nafar aholi har bir mahallada ko'chatlarni parvarishlash uchun xaq to'lanadigan ishlarga jalb qilinadi. Kuz mavsumida kam ta'minlangan 500 ming xonadonga 10 tupdan mevali daraxtlar ko'chati bepul tarqatiladi.
Shuningdek, Parkent, Yuqori Chirchiq, Ohangaron tumanlarida 23 gektar yer maydonidagi chiqindi poligonlariga jiyda, pavloniya, na'matak hamda archa va butazorlar barpo etiladi.
“Yashil bog'lar” tashkil etish bo'yicha ham tadbirlar boshlangan bo'lib, noyabr oyi oxiriga qadar ko'chat ekish, sug'orish tizimlarini tashkil etish ishlari amalga oshiriladi.
Ma'lumot o'rnida aytish mumkinki, viloyatda 1 million 522 ming gektar yer maydoni mavjud bo'lib, shundan 90 ming 513 gektarini o'rmon, 316 ming 576 gektarini, ya'ni 20,8 foizini yashil maydonlar tashkil etadi. Umumiy 23,1 gektar maydonda ko'chatxonalar barpo etilgan.
Yuqoridagi tadbirlar natijasida yashil maydonlar 24,3 foizga ko'payishiga erishiladi.