“Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoniga koʻra, Toshkent shahri, Toshkent viloyati, Nukus shahri va viloyatlar markazlaridagi navbatlilik koeffitsiyenti 0,7 dan past boʻlgan umumtaʼlim muassasalarini tajriba-sinov tariqasida xususiy sektor vakillariga 5 yilga ishonchli boshqaruvga (keyinchalik uzaytirish huquqi bilan) beriladi.
Mazkur umumtaʼlim muassasasida taʼlim olayotgan hamda unga biriktirilgan mikrohudud oʻquvchilari bepul oʻqitiladi.
Umumtaʼlim muassasasining boʻsh turgan binolari va yer maydonlarini ishonchli boshqaruvchiga ajratish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xalq taʼlimi vazirining qabul qilgan qaroriga asosan amalga oshiriladi.