Xitoyda oʻtkazilgan tadqiqot shuni koʻrsatdiki, 120 shaharda aniqlangan 318 koronavirusning faqat bittasi ochiq havoda boʻlgan. Koʻpgina holatlar cheklangan manzilda havo oqimi virus tarqalishiga hissa qoʻshishi mumkin, degan nazariyani qoʻllab-quvvatlaydi.
Virus nafaqat aksirish paytida katta tomchilar orqali, balki gaplashayotganda yoki nafas olayotganda chiqadigan eng mayda zarralar orqali ham yuqishi mumkin.
U koʻproq uchuvchan va uzoq masofani bosib oʻtishga qodir. The New York Times gazetasining yozishicha, iyul oyining boshida 239 nafar olim Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotiga ochiq xat yozib, havodagi eng kichik zarrachalar orqali virusning yuqishi ehtimolini tan olish masalasidagi oʻz pozitsiyalarini oʻzgartirishga chaqirdi.
Hozircha JSST bunday dalillar yetarli emasligini taʼkidlamoqda. Kasalliklarning oldini olish va nazorat qilish boʻyicha Yevropa markazi xavf cheklangan boʻlishiga qaramay, yopiq muhitda konditsionerlar orqali aylanadigan havo oqimi infeksiyali odamlar chiqaradigan tomchilarning tarqalishiga yordam berishi va shamollatish tizimlari havoning yangilanish tezligini oshirish orqali virus tarqalishini kamaytirishda qoʻshimcha rol oʻynashi mumkinligini taʼkidlaydi.
Shunday qilib, bunday infeksiyalar zanjiri ehtiyotkorlikni talab qiladi: sogʻliqni saqlash idoralari, shuningdek ushbu soha mutaxassislari konditsionerlardan foydalanish boʻyicha bir nechta tavsiyalar berishdi.
Uyda yoki ofisda boʻlishdan qatʼiy nazar, kuniga kamida ikki marta 10-15 daqiqa derazalarni ochish tavsiya etiladi. Binolarda ish olib borilmayotgan paytda ham shamollatish davom ettirilishi kerak.
Shaxsiy uylardagi shamollatish vositalari xavfli emas. Boshqa tomondan, kichik jamoaviy joylarda shamollatish vositalarini ishlatish tavsiya etilmaydi, chunki ular havoni aralashtirib, eng kichik zarralarni tarqatishga yordam beradi.
Uniclimakompaniyasining havoni sovitish va shamollatish strategik qoʻmitasi prezidenti Kristel Mollening soʻzlariga koʻra, uylardagi konditsioner tizimlarining aksariyati bakteriya yoki virusni ushlamaydigan standart, juda qoʻpol filtrlarga ega. Shuning uchun uylarni muntazam shamollatish zarurligini unutmaslik kerak.
Jamoat joylaridagi konditsioner tizimlari uchun bir nechta variant mavjud, uni Kristel Molle quyidagicha tushuntiradi: «Balandligi 30 metrdan oshadigan koʻp qavatli binolarda osma shiftlarga oʻrnatilgan diffuzerlar mavjud va»toza havo bilan taʼminlash" haqidagi tavsiyalar ularni toʻliq tartibga solishi kerak. Samolyotlarning katta afzalligi bor: bu tibbiyot muassasalarida boʻlgani kabi qimmatroq HEPA filtrlari (zararli zarralarni ushlab turish), Sars-CoV-2 ga qarshi samarali taʼsir koʻrsatgani kabi koronavirusga ham qarshilik qila oladi. Ichkarida havo tez-tez oʻzgarib turadi, u yuqoridan pastgacha, yoʻlovchilar oyoqlari ostiga yoʻnaltiriladi.
Poyezdlarda hamma narsa modelga bogʻliq, ammo tezyurar poyezdlarda toza havoni yetkazib berishga imkon beradigan tizimlar mavjud (poyezd tunneldan oʻtayotgan payt bundan mustasno), deydi Kristel Molle.
Metroda diffuzerlar koʻpincha poyezdning oʻrtasida shiftga oʻrnatiladi va havo yon tomondan yoʻnaladi. Bu holda shishalarga tegib ketmaslik yaxshiroqdir.
Barcha holatlarda sogʻliqni saqlash tizimi vakillari niqobda boʻlish yuqumli tomchilar chiqarishni cheklashi va bunday tomchilardan himoyalanishda yordam berishi mumkinligini eslatishadi.