Konstitutsiyaga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha salkam 4 ming anonim taklif kelgan

    Mamlakatimizda 18 Iyun 2022 1622

    Qoʻshma majlisda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan taqdim etilgan takliflar atroflicha muhokama qilindi.

    Hozirgi kunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha jamoatchilik tomonidan jami 40 mingdan ortiq takliflar yuborilgan.

    — Konstitutsiyaga oʻzgartish kiritish yuzasidan bildirilayotgan takliflar hududlar kesimida tahlil qilindi, bunda birinchilik Toshkent shahriga taalluqli boʻlib, 7 mingdan ortiq taklif berilayapti, — deydi Konstitutsiyaviy komissiya raisi Akmal Saidov. — Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi aholimiz ham nihoyatda faollik koʻrsatishganini alohida taʼkidlash joiz. Ular 2 mingdan ortiq taklif bergan. Fargʻona, Qashqadaryo, Jizzax va Andijon viloyatlarida 3 mingdan ortiq taklif kelib tushgan. Salkam 4 ming taklif anonim kelgan. Lekin ularning orasida ham diqqatga sazovor takliflar boʻlsa, eʼtiborga olishga harakat qildik.