Taʼkidlanishicha, kelib tushgan takliflar asosida qonun loyihasiga yana bir qancha yangi normalar kiritilishi nazarda tutilmoqda.
"Masalan, Konstitutsiyamizning 26-moddasiga bunday qism qoʻshilishi koʻrib chiqilmoqda:
- Shaxsning oʻz aybini tan olishi unga qarshi yagona dalil boʻlsa, u aybdor deb topilishi yoki jazoga tortilishi mumkin emas.
Shu yoʻsinda yana bir qator moddalarni ham yangilash, ularga qoʻshimcha normalar kiritish rejalashtirilmoqda.
Jumladan, 37-1-moddasi kiritilmoqda.
Yaʼni, davlat fuqarolarni ishsizlikdan himoya qilish va kambagʻallikni qisqartirish choralarini koʻradi.
Davlat fuqarolarning bandligini taʼminlash uchun ularning kasbiy tayyorgarligi hamda qayta tayyorlanishini tashkil etadi va ragʻbatlantiradi.
41-modda.
Davlat uzluksiz taʼlim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarining rivojlantirilishini taʼminlaydi.
Aytish joizki, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining masʼul qoʻmitalari, Konstitutsiyaviy komissiya aʼzolari, ekspertlar guruhlarida xalqimizdan kelib tushgan har bir taklif yuzasidan qizgʻin bahs-munozaralar davom etmoqda", deyiladi xabarda.