Korporatsiya shu yilning iyul oyi oxirida Ramenskiy qurilish anjomlari zavodi TIOKRAFT universal niqobini sinovdan oʻtkazishini maʼlum qildi. Unga akkumulyator oʻrnatilgan boʻlib, odamni bir necha yil davomida viruslardan himoya qilishi mumkin.

“Bu sifatli, yangi mahsulot. Ushbu niqobni bir necha yil davomida taqib yurishingiz mumkin, u oddiy akkumulyatordan quvvat oladi. Biz sinovlarni iyul oyida tugatishni rejalashtiryapmiz”, dedi Ramenskiy zavodi bosh direktori Sergey Anoxin matbuot anjumanida.

Uning soʻzlariga koʻra, niqob havoni fotokataliz texnologiyasi asosida ishlaydigan filtr yordamida tozalaydi. Filtr zararli aralashmalarni tuzoqqa tushiradi va keyin ultrabinafsha nurlari taʼsirida ularni parchalaydi.
Niqoblar turli mamlakatlarda Xitoyning Uxan shahrida paydo boʻlgan yangi koronavirus tarqalishining oldini olish uchun eng samarali choralardan biri sifatida ishlatish mumkin.