Uchrashuvda umumtaʼlim maktablaridagi darsliklarda Koreya Respublikasi haqidagi maʼlumotlar yuzasidan fikr almashildi va mamlakat tarixi va geografiyasi haqida maʼlumotlar bazasini shakllantirish boʻyicha kelishib olindi.

Shuningdek, maslahatchi janoblari markazda darsliklarni yaratish jarayoni bilan tanishdi va ularning yangi avlodi yaratilayotganini yuksak baholadi.

Ayniqsa, darsliklarga joriy etilgan AR - toʻldirilgan borliq tizimi bilan tanisharkan, hayratlanib: “Darsliklar uchun media ilovalar borasida Oʻzbekiston Janubiy Koreyadan ham ilgarilab ketganiga ishonaman”, — dedi janob Yun Ji Van.