2018-yildan buyon Kvangyang shahridagi “Doowon Corporation” korxonasida ishlab kelgan hamyurtimiz mehnat taʼtili vaqtida Oʻzbekistonga kelib, joriy yilning 6-iyul kuni charter reys orqali Koreya Respublikasiga uchib ketgan edi.

Joriy yilning 7-iyul kuni Inchxon xalqaro aeroportiga uchib borgan hamyurtimiz test topshirish uchun aeroportdan tibbiyot markaziga, shundan soʻng oʻzini oʻzi izolyatsiya qilish manziliga borgan.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvangju shahridagi vakolatxonasi va Kvangyang shahrining Sogʻliqni saqlash boshqarmasi nazoratida boʻlgan Oʻzbekiston fuqarosi shifoxonaga yotqizilgan. Davolanishning taxminiy davri 10-14 kunni tashkil etadi.