Mutaxassislarning taʼkidlashicha, COVID-19ga qarshi immunitet qanday kechayotganligini anglash samarali davolash usullari va profilaktika vaksinasini ishlab chiqish uchun juda muhimdir. Agar vaqt oʻtishi bilan antitanachalar pasayib ketsa, demak, bu emlash natijasida hosil boʻlgan immunitet ham yoʻq boʻlib, emlashning samarasiz ekanligini koʻrsatadi yoki qayta emlashni talab qiladi.

Xitoyning Nankin universiteti tibbiyot fakulteti olimlari 7 hafta ichida 19 nafar oʻrtacha va 7 nafar ogʻir bemorlarni kasallik boshlangan dastlabki kundan boshlab koronavirusga qarshi immunitet holatini kuzatdi. Mutaxassislarning taʼkidlashicha, koʻpchilik bemorlarda virusga qarshi antitanachalar ishlab chiqilgan. Ammo bir oz qism bemorlarda antitanachalarning neytrallash faolligi kuchli darajada, taxminan har beshinchi kishida esa immunitet umuman paydo boʻlmagan.

PLOS Pathogens jurnalida chop etilgan tadqiqotda, tuzalib ketgan bemorlarda 3-4 hafta oʻtgach, antitanachalarning neytrallash faolligi sezilarli darajada pasaygan, deb yozadi gazeta.

COVID-19 bilan kasallanganlarda tanadagi Sars-CoV-2 bilan maxsus bogʻlangan, antitanachalarni ishlab chiqaradigan moslashuvchan reaksiyalarni tushunish samarali davolash va profilaktika vaksinalarini ishlab chiqish uchun asosiy maʼlumotni beradi, deb tushuntiradi tadqiqotchilar.

London Qirollik kolleji tomonidan oʻtkazilgan avvalgi tadqiqot shuni koʻrsatdiki, 96 ishtirokchining 60 foizida infeksiya choʻqqisida COVID-19ga qarshi “kuchli” immunitet paydo boʻlgan, ammo 3 oydan soʻng bu koʻrsatkich 17 foizga tushib qolgan.