Birinchisi, kuchli tugʻma immunitet, ikkinchisi, turli mavsumiy koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish natijasida paydo boʻlgan immunitet, uchinchisi, kasallikning yengil shaklda kechishi.
Mutaxassisning fikricha, dastlabki ikkita holatda, shamollashdan keyin paydo boʻlgan immunitet tufayli koronavirus umuman tanaga kirmaydi.
Uchinchi holatda esa, infeksiyani inson hatto sezmasligi va eʼtibor bermasligi mumkin. Masalan, bir necha kun yoʻtaladi va shu bilan hammasi oʻtib ketadi. Shu bilan birga, tanada infeksiya boʻladi va oʻziga xos immunitet saqlanib qoladi.
Soʻnggi sutkada Rossiyada koronavirus bilan 6537 ta yangi holat aniqlangan. Pandemiya boshidan 733699 ta holat qayd etilgan, shundan 11,439 nafari vafot etib, 504021 kishi tuzalgan.