Koronavirus tufayli Toj Mahal va boshqa yodgorliklarni ziyorat qilish taqiqlanadi 

    Turizm 6 Iyul 2020 1936

    Hindistonning Agra shahri maʼmurlari mamlakatda koronavirus bilan kasallanganlar soni keskin koʻpaygani bois Toj Mahal va shaharning boshqa yodgorliklarini ziyorat qilishni taqiqladi, deya xabar beradi“Dunyo” AA.

    “Yakshanba kuni jamoat manfaatlariga koʻra, hozirgi vaqtda Agra yodgorliklarini ochmaslik toʻgʻrisida qaror qabul qilindi”, deyiladi mahalliy hokimiyat bayonotida. Eng mashhur hisoblangan Agra yodgorligi 1632-1653-yillarda Shohjahon tomonidan rafiqasi Mumtoz Mahal xotirasiga qurilgan Toj Mahal maqbarasidir.1983-yilda Toj Mahal Yuneskoning Jahon madaniy merosi saytida “Hindistondagi musulmon sanʼatining durdonasi va dunyoda tan olingan eng asarlardan biri” sifatida eʼtirof etilgan.

    Rossiyaning “Novosti” axborot agentligi xabariga koʻra, mart oyi oʻrtalarida Hindiston hukumati koronavirus tarqalishining oldini olish uchun mamlakat boʻylab 3,4 mingdan ortiq yodgorliklar yopilishini eʼlon qilgan edi.

    Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Hindiston koronavirusga chalinganlar soni boʻyicha dunyoda uchinchi oʻrinni egalladi. Ayni paytda kasallanganlar soni 697 mingdan oshdi. 424 ming kishi sogʻaydi. 20 mingga yaqin kishi vafot etdi.