Rossiyalik umumiy amaliyot shifokori Nadejda Chernishova koronavirus bilan kasallanganidan keyin qon ivishi xavfini minimallashtirish uchun qanday qoidalarga amal qilish kerakligini ma'lum qildi.     

Shifokorning so'zlariga ko'ra, trombozning oldini olish uchun siz tez-tez harakat qilishingiz va ko'proq suyuqlik iste'mol qilishingiz kerak bo'ladi.

“Ko'proq suv iching, chunki bu kasallik ko'pincha suvsizlanish bilan yuzaga chiqadi.  Bir holatda, ayniqsa komp`yuterda uzoq vaqt o'tirmang, chunki qon pastga tushadi va bu erda u oyoq tomirlarida turg'unlashadi, shuning uchun tromboz xavfi yuzaga keladi. Bundan tashqari, sport bilan shug'ullaning, harakatlaringiz jadal bo'lsin”, —  dedi mutaxassis.

Shu bilan birga, u qonni suyultiruvchi dorilarni profilaktik qabul qilishdan saqlanishga chaqirdi. Chunki ular yon ta'sirga ega. Bunday dori-darmonlarni shifokor faqat sog'lig'ingizga xavf tug'ilgandagina buyurishi kerak.

Terapevt, shuningdek, kuchli bosh og'rig'i, qo'llar, oyoqlarda zaiflik, gapirish va tabassum qilish qiyin bo'lsa, bu insul`t belgisi bo'lishi mumkinligini qo'shimcha qildi.

“Shunday belgilar kuzatilsa tezda kasalxonaga borish kerak. Belgilar namoyon bo'la boshlagandan so'ng ikki soat davomida shifokorlar yordam berishga ulguradi. Qon ivishi me'yoriga keladi va xavf ortda qoladi”, dedi mutaxassis.

“Siz hushyor bo'lishingiz lozim, lekin men kasal bo'lib qolganman, tromboz paydo bo'ladi, deb, o'zingizni vahima qo'ymang. Shifokoringiz bilan muntazam aloqada bo'ling, unga barcha tushunarsiz holatlar haqida aytib turing. Shunda sog'ligingizni asragan bo'lasiz”, — deya xulosa qildi mutaxassis Moskva 24 telekanaliga bergan interv'yusida.