Tadqiqot koʻlamining kengaytirilishiga sabab, birinchidan, tadqiqot ishtirokchilari sonining ikkinchi va uchinchi doza emlash bosqichida kamayish ehtimoli mavjudligidadir. Ikkinchidan, Oʻzbekistonda koronavirus bilan bogʻliq vaziyat barqarorlashgani bois, koronavirusning vaksina olganlarga taʼsirini oʻrganish qiyinlashmoqda. Negaki, vaksinaning taʼsiri organizmga virus taʼsir qilganda aniqlanadi.
Oʻz navbatida, vaksina sinovlarida ishtirok etayotgan koʻngillilarning yarmi vaksina emas, platsebo olayotganini ham eslatib oʻtamiz.
Tadqiqotda ishtirok eting va pandemiyani toʻxtatishga oʻz xissangizni qoʻshing! Koʻngillilarni roʻyxatdan oʻtishga taklif etamiz!