“Kentavr” subshtammini rotavirus bilan chalkashtirib yuborish mumkin. Sababi, ular oʻxshash alomatlarga ega: qusish va diareya”, deydi Morozova.
Shu bilan birga, koronavirus ovqat hazm qilish tizimining surunkali kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin. Buning oldini olish uchun remissiya davri (kasallikning biroz pasayish davri)da bemorni COVID-19 ga qarshi emlash kerak. Bu, ayniqsa, yalligʻlanishli ichak kasalligi boʻlgan odamlar uchun juda muhimdir.