Bu haqda Proceedings of the National Academy of Sciences (PNAS) jurnalida e'lon qilingan maqolada so'z yuritiladi.
Yangi longHR2_42 ingibitori o'zgartirilgan HR2 peptid bo'lib, HR1 uch spiral bilan o'zaro ta'sir qiladi va shu bilan oltita tolali to'plamning shakllanishini bloklaydi. Dori vositasi evolyutsiya jarayonida deyarli o'zgarmagan virusning bir qismiga qaratilgan, shuning uchun u SARS-CoV-2 ning turli shtammlariga, shu jumladan omiron variantiga qarshi samarali bo'lishi mumkin.
Hozirda olimlar ingibitorni SARS-CoV-2 bilan kasallangan sichqonlarda sinovdan o'tkazmoqda. Dori nafas olish yo'li orqali yuborilishi mumkin, shunda u infeksiyaning dastlabki bosqichida nafas olish yo'llariga kiradi hamda nafas olish og'ir belgilarining oldini oladi, deb xabar beradi lenta.ru.