Bu haqida virusolog, tibbiyot fanlari nomzodi Pavel Volchkov aytib o'tdi.
"Yuqori nafas yo'llari infektsiyasi bilan oshqozon-ichak traktining bilvosita infektsiyasi mavjud. Bu oshqozon-ichak traktining immun reaktsiyasi bilan birga bo'lishi mumkin. Ayrim hollarda koronavirusni ko'ngil aynishi, diareya va qusish alomatlari orqali aniqlash mumkin. Lekin bu alomatlar juda kam uchraydi", dedi P. Volchkov.
Shuningdek, koronavirus boshqa infektsiyalarning yuzaga chiqishiga sabab bo'lishi mumkin, deya qo'shimcha qildi virusolog.
"COVID uzoq davom etsa unga bakterial infektsiya qo'shilishi mumkin, bu esa kasallikni kuchaytiradi. Masalan, bakterial pnevmoniyaga olib kelish ehtimoli mavjud. Afsuski, bu o'limga olib kelishi mumkin", dedi u.