Loyihaga ko'ra, qonunchilik hujjatlari loyihalarini “korruptsiyadan holi qonunchilik” tamoyili asosida ishlab chiqish va quyidagilarni nazarda tutuvchi korruptsiyaga qarshi ekspertizadan o'tkazish tartibi joriy etilmoqda:

➖ amaldagi 21 mingdan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar 2022-2026 yillarda to'liq korruptsiyaga qarshi ekspertizadan o'tkaziladi;
➖ jismoniy shaxslar – mustaqil ekspertlarga korruptsiyaga qarshi ilmiy hamda mustaqil ekspertizadan o'tkazish huquqi beriladi;
➖ ilmiy, oliy ta'lim tashkilotlari, nodavlat notijorat tashkilotlari uchun korruptsiyaga qarshi ekspertiza bo'yicha grantlar e'lon qilinadi;
➖ korruptsiyaga qarshi ekspertizadan o'tazilmagan qonunchilik hujjatlari loyihalari Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiquvchiga qaytariladi;
➖ qonunchilik hujjatlaridagi korruptsiyaviy omillar tegishli davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini baholashning asosiy mezonlaridan biri etib belgilanadi.

Loyiha bilan quyidagilarni tasdiqlash nazarda tutilmoqda:
➖ qurilish, sog'liqni saqlash, oliy ta'lim va davlat xaridlari sohalaridagi qonunchilik hujjatlaridagi korruptsiyaviy omillarni bartaraf etish bo'yicha “yo'l xaritasi”;
➖ 2021 yilda amaldagi qonunchilik hujjatlarini korruptsiyaga qarshi ekspertizadan o'tkazish rejasi (bundan buyon har yili shunday reja tasdiqlanadi);
➖ 2022—2026 yillarda amaldagi qonunchilik hujjatlarini korruptsiyaga qarshi ekspertizadan o'tkazish reja-grafigi;
➖ davlat organlari va tashkilotlarining qonunchilik hujjatlarini korruptsiyaga qarshi ekspertizasini o'tkazish faoliyatini baholash mezonlari.

Adliya vazirligi tomonidan jamoat muhokamasiga joylashtirilgan mazkur qaror loyihasining to'liq matni bilan 👉bu erda (https://regulation.gov.uz/oz/d/50772) tanishish mumkin.