Xususan, davlat siyosatida shaffoflik, xolislik, hisobdorlik, raqamlashtirish hamda masʼuliyatli boshqaruvni taʼminlash maqsadida, davlat boshqaruvi hamda iqtisodiyot barcha tarmoqlarida va sohalarida xalqaro standartlarga muvofiq tizimlar joriy etilmoqda.

Jumladan, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati“ Management Certification” sertifikatsiya idorasi tomonidan muvaffaqiyatli auditdan oʻtkazilib, ijobiy xulosa berildi.

Bugun OKMK rahbariyatiga ISO 37001:2016 Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi xalqaro sertifikati shuningdek, Oʻz DSt ISO 37001:2019/ ISO 37001:2016 mahalliy sertifikatlari topshirildi.

Maʼlumot uchun ISO 37001:2016 xalqaro standarti — korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimini joriy etish, ishlatish, kuzatish, tahlil qilish va takomillashtirish boʻyicha xalqaro koʻrsatmalar va talablarni belgilovchi eng nufuzli xalqaro standart hisoblanadi.

U tashkilotlarga ichki va tashqi korrupsiyaviy xavf va xatarlarni aniqlash, ularning oldini olish va samarali boshqarishga koʻmak beradi.

Mazkur sertifikatlar “Olmaliq KMK” AJning faoliyati korrupsiyaga qarshi kurash menejmenti tizimining xalqaro va mahalliy standartlar talablariga muvofiqligini bildiradi hamda Kombinatning barcha darajadagi boshqaruv apparatiga va rahbarlari zimmasiga shaffoflik, ochiqlik va hisobdorlikni muntazam taʼminlash yuzasidan ulkan masʼuliyat yuklaydi.

ISO 37001:2016 xalqaro standarti boʻyicha Muvofiqlik sertifikatini qoʻlga kiritish nafaqat tashkilotda shaffof boshqaruvni yoʻlga qoʻyish, balki uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, xalqaro maydonda hamkorlar ishonchini mustahkamlash, Kombinat nufuzini oshirishga va global bozorda Kombinatning raqobatbardoshligini taʼminlashga xizmat qiladi.

ISO 37001:2016 xalqaro standarti xalqaro biznesda ishtirok etayotgan barcha kompaniyalar uchun xalqaro fond bozorlariga kirish uchun eng muhim shartlardan biriga aylanishga ulgurdi.

Oʻtgan 2021-2024-yillar hamda 2025-yilning birinchi yarmi mobaynida “Olmaliq KMK”AJ faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish boʻyicha Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi bilan birgalikda bir qator amaliy chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Jumladan, xalqaro standartlar talabi boʻyicha Kombinatda 20dan ziyod ichki idoraviy hujjatlar ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etildi, Kombinatning 100dan ziyod funksiya va vazifalari korrupsiyaviy xatarlarga moyilligi baholashdan oʻtkazilib, korrupsiya xavfi yuqori boʻlgan vazifa va funksiyalardagi korrupsiya xavfi darajasini minimallashtirish boʻyicha taʼsirchan va izchil choralar koʻrilmoqda. Kombinatda qabul qilingan ichki idoraviy hujjatlar korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazilib, 50 dan ziyod kamchilik yoki nomuvofiqliklar qonunchilik talablariga muvofiqlashtirildi.

Natijada 2024-yilning yakuni bilan, “Olmaliq KMK”AJ Samaradorlik reytingida 102ta davlat organlari va tashkilotlari oʻrtasida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligi reytingida faxrli 11-oʻrinni (85 ball toʻplagan holda, AJlar oʻrtasida – 8oʻrinni egalladi), “Ochiqlik indeksi”da natijalariga koʻra, respublika davlat 98ta davlat faxrli 1-oʻrinni (91,2 ball toʻplagan), Raqamlashtirish reytingida 2024-yil yakuni bilan faxrli 4-oʻrinni (99,9 ball toʻplagan holda) egalladi.

“Olmaliq KMK”AJ Rahbariyati va mehnatkash jamoasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Geologiya vazirligi bilan uzviy hamkorlikda kelgusida ham Kombinatda korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligini yanada oshirish, egallangan marralarni mustahkamlash hamda yangi maqsad va marralarni zabt etish yoʻlida oʻz saʼy harakatlarini izchil davom ettiradi.


Hamkorlik materiali