Nizomga koʻra, maʼlumotlarni mazkur reyestrga kiritish yoki chiqarish boʻyicha arizalar YAIDXP (my.gov.uz), davlat xizmatlari markazlari yoki kredit byurolari orqali taqdim etiladi.
Ariza beruvchi oʻzi kelib, kredit byurosiga yozma murojaat etganda, ariza beruvchiga QR-kod qoʻyilgan maʼlumotnoma beriladi.
Davlat xizmatlari markazlari xizmatning natijasini u kelib tushgandan soʻng 10 daqiqa ichida ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
Kredit bitimini tuzishni taqiqlash yoki taqiqni olib tashlash toʻgʻrisidagi ariza yuborilgan sana va vaqt, taqiq belgilangan yoki olib tashlangan sana va taqiq shartlari haqidagi maʼlumotlar shaxslarning kredit tarixida aks ettirib boriladi.
Davlat xizmatlari markazlari va kredit byurolari olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.