Milliy olimpiya qoʻmitasi xabariga koʻra, “Universal Horses Stable” ot sporti klubi mezbonlik qilgan musobaqa 2 kun davom etdi. Dastlabki bosqichi 19-oktyabrda start olgan musobaqada chavandozlar 3 yoʻnalishda gʻoliblik uchun bahs olib bordi.
Uchinchi bosqich yakunlari, umumiy hisobdagi gʻolib va sovrindorlar bilan quyida tanishishingiz mumkin:
“S” toifasi, 100-110 sm (toʻsiq balandligi):
1. Mirzohid Musayev (“Gans”, ot laqabi)
2. Boburjon Valijonov (“Alonso 43”)
3. Alisher Erkinov (“Barbella”)
“V” toifasi, 110-120 sm:
1. Bekzod Roʻzimuhammedov (“Ornella”)
2. Mariya Dushenko (“Kechmeker”)
3. Yormuhammad Foxiljonov (“Artist”)
“A” toifasi, 120-130 sm:
1. Gʻayrat Nazarov (“Losinos Boy”)
2. Mirzohid Musayev (“Kasius Kley”)
3. Jasurbek Xotambekov (“Laki Star”)
Har bir yoʻnalishning mutlaq gʻoliblari:
“S” toifasi: Mirzohid Musayev (“Gans”)
“V” toifasi: Bekzod Roʻzimuhammedov (“Ornella”)
“A” toifasi: Gʻayrat Nazarov (“Losinos Boy”)