Eng stressli vaqt daqiqagacha hisoblangan – ertalabki 7:23. Kattalar kuniga o'rtacha kamida uchta stressli holatni boshdan kechirishadi va ayollarda bu erkaklarnikiga qaraganda taxminan bir soat oldin boshlanadi.
So'rov shuni ko'rsatdiki, kundalik stressning asosiy sabablari charchoq (46 foiz), yomon tungi uyqu (36 foiz) va tig'iz ish jadvali (33 foiz). Stressni boshdan kechirgan odamlarda ko'pincha umidsizlik (32%), tashvishlanish (23%) yoki charchash (21%) bilan bog'liq ruhiy holatlar yuzaga kelgan.
Shuningdek, odamlardan ularni ruhiy muvozanatdan chiqarib yuboradigan holatlarni sanab o'tish so'raldi. Birinchi o'rinni avtomobillar bilan yuzaga keladigan tirbandlik egalladi. Kiyimga ichimliklar, kosmetika, tish pastasining to'kilishi, tasodifan idishlarning sindirib yuborish, budilnikning ishlamay qolishida yuzaga keladigan ruhiy holatlar keyingi o'rinlarni egalladi. Bundan tashqari, ko'pchilik gilamning kir bo'lib qolishi va ovqatning kuyib qolishidan asabiylashishini aytishdi, deyiladi mir24.tv saytida.