Hududlarda turizm va servis infratuzilmasi juda tez rivojlanayotgani taʼkidlandi.
Xususan, oʻtgan 8-yilda mahalliy va xorijiy investorlar 6,5 milliard dollar sarmoya kiritib, 130 ming mehmonxona oʻrni yaratdi. Bu yili ular yana 30 mingga koʻpayadi.
Parkentning “Oltin bel” choʻqqisida xalqaro darajadagi yangi togʻ-changʻi zonasi barpo etilayapti. Fransiyaning “Kurshavel” togʻ-changi kurorti togʻli hududlarimizda Yevropa standartiga mos turizm maskanlarini tashkil qilishga katta qiziqish bildirmoqda.
“Bu bilan toʻxtab qolmaymiz. Boy tarixiy-madaniy merosimiz, goʻzal va betakror tabiatimiz sayyohlarni 2-3 karra oshirishga yetadi”, — dedi Prezident.
Turizmning iqtisodiyotdagi ulushini 7 foizga, eksportni 10 milliard dollarga yetkazish boʻyicha 2040-yilgacha strategiya ishlab chiqilayotgani taʼkidlandi.








